12+
Ilhom kelganida
Введите сумму не менее null ₽, если хотите поддержать автора, или скачайте книгу бесплатно.Подробнее

Объем: 76 бумажных стр.

Формат: epub, fb2, pdfRead, mobi

Подробнее

So’z boshi

Har yangi kun biz uchun yangidan yangi g’oya va sovg’alarini taqdim etadi. Va albatta, bizning oramizdagi hamkasblarim soni ham oshib bormoqda. Va albatta, bizning qatorimizga kirmoqchi bo’lgan yosh insonlar ham bordir. Bu kitob, ularning biri — Abdulaziz Asqaraliyevning birinchi she’rlar to’plamidir.

Shoir, o’zining yoshiga qaramasdan, qiziq va katta mavzular haqida ham mulohazalarni olib bormoqda. Albatta, hatolarsiz bo’lmadi, lekin bu yosh shoirning yozgan satrlariga boqgan holda, yirik iqtidor sohibi borligini aytib o’tish shart.

Asqaraliyev Abdulaziz 2007-yilning 23-iyul kuni Farg'ona viloyati Rishton shahrida tavallud topgan. Hozirda Farg'ona viloyati Rishton tumanidagi 2-umumta'lim maktabdagi 9-A sinifida tahsil olmoqda. Sher yozishni 10 yoshdan boshlagan yosh shoirlarimizdan.

Ishonamiz-ki, kun kelib, bu yosh iqtidor sohibi, bizning qatorimizga kirib, bugungi kunda rivojlanayotgan «Electron» tashkiloti a’zosi bo’ladi va biz bilan birgalikda insoniyatning kelajagini yaratadi! Ilo, bizning maqsad — kelajakni barpo etishdir! Balki bu iqtidor kelajakda bizning ulug’ yurtimizni yangi o’rinlarga olib chiqib, she’riyatning go’zal olamida o’zining izini qoldirar, hozir esa, biz yosh shoirga omad tilab, uning ajoyib kichik asarlaridan bahramand bo’lishga oshiqmoqdamiz…

Jo’jacha

Bir tovuqni jo’jasi

Tuxumdan yorib chiqdi.

Shunday ko’zini ochsa,

Yonidan mushuk chiqdi.

Uni ko’rgan jo’jacha

Juftagini rostladi.

«Qani oyim?» — deb jo’ja,

Oyisin ko’p izladi.

Niyatiga yetti u,

Oyijonin topdi u,

Quchog’iga otilib,

Chichilab yig’ladi u.

Jo’jacha katta bo’lib,

Xo’rozboyga aylandi.

Erta tongda uyg’ondi.

Qichqirishga shaylandi.

Islom bobo

Islom bobom bizlarni,

O’z farzandim deganlar,

Istiqlolni birinchi

Ular qurib berganlar.

Mustaqil o’zbegimni

Butun dunyo tan oldi.

O’zbekiston atalmish

Diyor borligin bildi.

Xotirangiz dilimizda

Abadiy mangu qolar.

Siz qilgan ishlaringiz

Biz yoshlarga yo’l bo’lar.

Maktab

Biz maktabga borganda,

Chalinadi qo’ng’iroq.

Biz xonaga kirganda,

Qarshi olishar ustoz.

Shirin tabassum bilan,

Boshlanadi bizning dars.

Bor-yo’qdan so’ng boshlanar

Bizning o’qish darslik ham.

Ziyrakroq bo’l, do’stginam,

A’lochi bo’l, do’stginam,

Zehningni ishga solgin,

Bilimdan ol, do’stginam.

Dars paytida pichirlab

Fikrin bo’lma hammani,

Undan ko’ra tinglagin,

Jamilaxon ustozni.

Bu she’rimni kechasi,

Kechqurun tunda yozdim,

Davomini yozay deb,

G’aflatda uxlab qoldim.

Notanish kitob

Men bir notanish kitob,

Topib oldim ko’chadan.

Asta qolimga olib,

Sekin vaqog’in ochdim.

Yozilarmish unda she’r,

Yozilarmish g’azallar.

Yana unda yozilar,

Chiroyli so’z-naqllar.

Otam ayganlardek

Baqirdim kimniki deb

Hech kim quloq solmadi

Kitob o’zimg boldi.

U kitobdan ancha

Bilimim oshirib oldim

Kitob insonga do’st deb

Mag’zini chaqib oldim.

Oradan yillar o’tib,

Topdim kitob egasin.

Sov’ga uchun tanladim,

Bir do’stimning ukasin.

Vatan

Vatan mrning onamdir,

Vatan mening jonimdir,

Tomirimda oqayotgan

Temuriylar qonidir.

Yer ustida qurilgan,

Jannatimsan sen mening.

Osmon ostida turgan,

Yagonamsan, sen mening.

Necha-necha olimlar-u

Donolarning makoni

Buxoriylar yurtidursan

Beruniylar oshiyoni.

Tari’fingni qancha maqray

Shuncha kam so’zim mening

Bobolardan meros qolgan

O’zbekistonim mening.

Seni sevmoq uymondandir

Degan Payg’ambarimiz

Senga jonim fido bo’lsin

Degan Islom bobomiz.

Tarbiya

Badaning tarbiya qilmoq istasang

Erta tong turgin’u qilgil mashg’ulot

Aqling tarbiya qilmoqchi bo’lsang,

Erta tong o’qigin birmuncha kitob.

Qorningni to’ydirmoq bo’lsang agar sen

Dasturxon ustida «Bi ismi Ollohni» ayt

Endichi sen agar yeb to’ygan bo’lsang

Esingdan chiqarma-shukurni ko’p ayt.

Xurmating topaman desangchi do’stim

Saloming uzmagin yosh-u-qaridan,

Iymoning salomat bo’lmoq istasang,

Ha, do’stim, qo’shilma yomon-u pastga.

Sen agar tole’ni topaman desang

Bobolar, momolar duosin olgin

Sen agar davlatni topmoq istasang

Halol bo’l, pok bo’lgin, bo’lmagin nokas.

Bejizga aytmagan yoshi ulug’lar,

Bo’linganni bo’ri yer degan donolar.

Akalar, ukalar, opa-singillar,

Ahir bo’l inoq bo’l jon qarindoshlar.

Buvijon

Buvijonim siz mening,

Mehribonim siz mening.

Yaxshilikga undovchi,

Duoguyim siz mening.

Har gal kelganimda men,

Peshonamdan o’pasiz.

«Odobli bo’l, bolam» — deb,

Nasihatlar qilasiz.

Baxtimizga doimo

Sog’ bo’ling, omon bo’ling.

Bobom bilan bizga siz,

Doim bizga bosh bo’ling.

Bobojon

Yomon so’zdan yiroqdirlar,

Mening mehribon bobom,

Yaxshilikga undaydilar,

Mening mehribon bobom.

Yaxshilikni o’rgatganlar,

Yomonlikni o’qitganlar.

Oilamizga ustundirlar,

Mening mehribon bobom.

Doim yaxshilik tomon,

Yo’rganlar doim har on.

Yaxshilikdan qaytishman,

Yomon yo’ldan yashirmas.

Ona yurt

Ey, mehribon ona yurt!

Sen bo’lding bizga o’rnak.

Chunki sening mehring,

Bo’lgaymiz biz, dovyurak.

Biz sening bolalaring,

Aqlli va donomiz.

Bo’lamiz senga sodiq,

Bunga va’da beramiz.

Dunyoda bor o’rnimiz

Chunki bizlar donomiz,

Chunki o’zbek bayrog’in

Ko’klarga ko’targanmiz.

Onalar

Dunyodagi baxtlilar

Albat onasi borlar.

Chunki ular dunyoda

Mehrli va zo’r zotlar.

Bizlarga mehr berar

Faqat bizlarni o’ylar,

Bolalar ham ta’kidlar

Onalar eng zo’r zotlar.

Bizlarni katta qilar

Mehrini bizga berar

Bolalar ham ta’kidlar

Onalar eng zo’r zotlar.

Yoshlik

Yoshlik biz uchun do’stim,

Bebaxo bir vaqt ekan

Uning har bir soati

Biz uchun muhim ekan.

Yoshlikda biz do’stlarim

Foydalanib olaylik.

Ustozardan vaqtida

Ilimni zo’r olaylik.

Yoshlikda olingan bilim

Toshga o’yilgan bezak

Shu naqlni do’stginam

Quloqga olish kerak.

Kelajakda biz do’stim

Yurtga xizmat qilaylik

O’zbekiston zaminga

Sodiq farzand bo’laylik.

Vatan qalqonlari

Vatanimiz qalqonlarin

Albat hurmat qilamiz,

Chunki ular vatanimiz

Qo’riqlaydi har soat.

Ularni deb biz har kuni

Ko’chada tinch yuramiz

Shuning uchun doimo

Vatanimiz tinch bo’lsin

Vatanimiz qalqonlari

Doim tinch omon yursin!

O’zbekiston

O’zbekiston vatanimiz

Bizning so’lim chamanimiz

Yetishgan mashxur zotlar

Shoir va qaxramonlar.

Masalan, Temur bobom

Yurtimiz qadrlashgan

Yovlardan yurtni asrab

Ko’p yomonlar qirishgan.

Navoiy bobom har kun

Ko’p g’azallar yozishgan.

Temur bobomga o’xshab

Yurtimiz qadrlashgan.

Lekin ba’zi odamlar

Qadrlamas yurtini,

Bu nodon insonlarni

Yomon ko’ramiz albat.

Shuning uchun Vatanimiz

Qadrlaylik har soat,

Shuning uchun O’zbekiston

Bizlarga aziz albat.

Bo’ladigan bolalar

Bo’ladigan bolalar

Boshidan ma’lum bo’lar

Beodob, yomon bola

So’zidan ma’lum bular.

Yaxshi bola doimo

Kattalar hurmat qilar,

Salomini ayamay

Yaxshiliklar qilarlar.

Yomon bolalar esa,

Do’stlarin mazah qilar,

Kattaga salom bermay,

Nodon bola bo’larlar.

Shuning uchun doimo

Yaxshi inson bo’laylik

Kattalar hurmat qilib

O’qimishli bo’laylik.

Fasllar

Bizning yurtimizda

Bordir to’rt fasl,

Bir yilda doimo

Kelar ketma-ket.

Masalan, bahorda

Бесплатный фрагмент закончился.

Купите книгу, чтобы продолжить чтение.

Введите сумму не менее null ₽, если хотите поддержать автора, или скачайте книгу бесплатно.Подробнее