12+
Elektr va gaz payvandlash

Объем: 136 бумажных стр.

Формат: epub, fb2, pdfRead, mobi

Подробнее

KIRISH

Mustaqil O‘zbekiston davlatimizning keyingi iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti oliy o‘quv yurtlarimiz oldiga qo‘ygan vazifalarining nechalik muvaffaqiyat bilan bajarilishi ko‘p jixatdan bog‘liq. Chunki oliy pedogogik o‘quv yurtlari talabalarini mehnatga, ijtimoiy hayotga tayyorlashdek ulkan vazifalarni bajarish, maktablarda mehnat darslarini o‘tish madaniyatiga asos soladi, o‘z kasbiga muxabbat uyg‘ota borib, bilim, ko‘nikma va malakalarini hosil qiladi.

«Ta’lim to‘g‘risida» Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» da uqtirib o‘tilganidek, talabalarga zamonaviy politexnik ta’lim, mehnat tarbiyasini berish, kasb tanlashga yo‘llash ishlarini o‘rgatish, ularning bilim va kasbiy maxoratini hosil qilish muhimdir. Buning uchun maktablarda mehnat darslarini tashkil qilish uchun avvalo pedogogika oliy yurtlarida yaxshi jihozlangan o‘quv jihozlari, laboratoriya va o‘quv ustaxonalarini tashkil etishni va ulardan unumli foydalanishni o‘rgatish kerak bo‘ladi. Bo‘lg‘usi mehnat darsidan dars beruvchi o‘qituvchi, oliy o‘quv yurtlarida olgan tajribasi, bilim va ko‘nikmalariga suyangan holda dars beradilar.

Minnatdorchilik: Ushbu uslubiy kurstmani tayyorlashda «Texnologik ta’lim» yo’nalishi 3 kurs talabasi Ulug’bek Mamadjonov matnlarni terishda, kompyuter grafikasi bilan ishlashda yaqindan yordam berdi.

MAVZU: «O‘QUV USTAXONALARIDA MEHNAT HAVFSIZLIGI TEXNIKASI VA YONG‘IN HAVFSIZLIGI»

MAQSAD: O‘quv ustaxonalarida mehnat havfsizligi texnikasi va yong‘in havfsizligi bilan tanishtirish.

AMALIY KO‘NIKMALAR

— mehnatni xavfsiz tashkil etish;

— yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish.

NAZARIY BILIMLAR

— payvandlash ishlarini bajarishda shikastlanish turlari va sabablari;

— shikastlanishning oldini oluvchi chora-tadbirlarni tarkibi;

— elektrpayvandlash ishlarini bajarishda elektr xavfsizligi;

— issiqlik va yorug‘lik nurlaridan saqlanish choralari;

— zararli chang va gazlar zaharlanishdan saqlanish choralari;

— ish joyini shamollatish (havoni tozalash) usullari;

— elektr va gaz payvandlash jihozlarini ishlatish qoidalari;

— jamokor (maxsus kiyim) va ularni kiyib yurish qoidalari;

— yong‘in chiqishining asosiy sabablari;

— yong‘inning oldini olish chora tadbirlari;

— yong‘inni o‘chirishda birlamchi vositalardan foydalanish qoidalari;

— yong‘inni bartaraf (o‘chirish) etishda o‘zini tutish qoidalari;

— yong‘in chiqqanda odamlarni ko‘chirish (evakuatsiya) rejalari

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

Shikastlanish turlari. Eritib payvandlashda payvandchiga u yoki bu darajada havfli ta’sir qiluvchi quyidagi xolatlar mavjud:

— insonning elektr zanjirni tok o‘tkazuvchi qismiga tegishi natijasida elektr toki ta’sirida shikastlanishi;

— elektr yoki nurlardan ko‘z va terining ochiq yuzalarining shikastlanishi;

— payvandlash jarayonida ajralib chiquvchi zararli gazlar, xonani changlar bilan ifloslanishi va har xil moddalar bug‘lanishidan zaharlanishi;

— payvandlashda metal va shlak tomchilaridan kuyishi;

— bosim ostidagi gaz ballonlaridan noto‘g‘ri foydalanganda, yonuvchan moddalar saqlangan idishlarni payvandlaganda hamda yonuvchan va portlashga moil moddalar yaqinida payvandlagandagi portlashlar;

— payvandlashda erigan metal va shlaklardan yong‘inlar chiqishi;

— og‘ir buyumlarni payvandlashga tayyorlash va payvandlash jarayonidagi har xil turdagi mexanik xarakterga ega bo‘lgan shikastlari;

— Payvand choklarni gamma yoki rengen nurlari bilan nurlanishi.

Elektr tokidan shikastlanish havfining oldini olish. Eritib payvandlashda payvandlash manbai sifatida kuchlanishi o‘zgarmas tokda 110 V, o‘zgaruvchan tokda 80 V va plazma yordamida payvandlash va kesishda 170—200 V ishlatiladi. Shuning uchun ularda elektr yoyi uzilganda 0,5 sekund ichida tokni o‘chiruvchi avtomatik jihozlar bo‘lishi shart.

Inson tanasining elektr qarshiligi turg‘un bo‘lmaganligi sababli terining quruq xolatida qarshilik 8000—20000 OM ni tashkil etadi (qo‘l nam bo‘lganda, terining shikast joylarida qarshilik 400—1000 OM gacha pasayadi). Xavfsiz kuchlanish 12 V gacha hisoblanadi (ko‘chma yoritgich). Agar payvandchi tor xonada ishlayotgan bo‘lsa va metal yuzalarining ko‘p maydoni bilan aloqada bo‘lsa, elektr tokidan shikastlanishni oldini olish uchun quyidagilarga:

· payvandlash transformatori va yoyi bilan bog‘liq hamma simlar mustahkam (ishonchli) izolatsiyalangan bo‘lishi va payvandlash transformatorining qobig‘i sim orqali yerga ulangan bo‘lishi;

· ta’minlash manbai qobig‘i, apparat qutisi, yordamchi elektr jixozlar yerga ulanishi;

· yerga ulanadigan simning ko‘ndalang kesimi 25 mm2 dan kam bo‘lmasligi;

· payvandlash jixozlarini ulash, o‘chirish, ta’mirlash ishlarini faqat navbatchi elektromanter tomonidan bajarilishi;

· ta’minlash manbalarida yuqori kuchlanishlarni o‘chiruvchi avtomatlardan qo‘llanilishi;

· elektrod ushlagichning ishonchli tuzilishi, izolatsiyalangan bo‘lishi ish jarayonida metal yoki payvandchining qo‘liga tok o‘tkazuvchi qismlarni tegmasligi, elektrod ushlagich yuqori mexanik chidamlikga va 8000 ga yaqin elektrodni siqib (ushlab) turishga mo‘ljallangan bO‘lishi;

· yoritish manbai 12 v dan oshmasligi jamokor va qo‘lqoplar butun va quruq bo‘lishi, tor va yopiq joylarda ishlaganda rezina kalish va gilamcha ishlatilishiga rioya qilish shart.

Yuqorida aytib o‘tilgan talablar bilan birga elektr tokidan shikastlanishning oldini olish uchun yuqori kuchlanish zanjirining klemma va siquvchi boltlariga tegish, avtomat mexanizmlarining qopqoqlarini yechish, apparat qutisining eshiklarini ochish, transformatorlarini sozlash va boshqalar man etiladi.

Elektr yoyi nurlaridan shikastlanish xavfini oldini olish. Payvandlash yoyi yorug‘lik nurlarining manbai hisoblanib, uning nuri ta’siridan ko‘z 10—15 soniyada nurlanib kuyishi mumkin. Uzoq muddat nur ta’siridan ko‘z qorachig‘ining ishdan chiqishi va ko‘rish qobiliyati yo‘qolishi mumkin. Ultrabinafsha nurlari oftobning infraqizil nurlar kabi to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’siridan, ko‘z qorachig‘ini xiralashishiga va terini kuydirishga olib keladi. Yoy nurlari ta’siri faqat payvandchiga emas, balki yordamchilarga ham zarar yetkazadi. Ko‘zga xavfli jarohat yetishidan saqlash uchun albatta muxofazalovchi oyna tutilish kerak. Maska va shchitoklarga o‘rnatilgan muxofazalovchi oynalarning tashqarisi oddiy oyna bilan yopiladi va erigan metal sachrashidan saqlaydi. Shchitoklar izolatsiyali materiallardan (fibra, fanera) tayyorlanadi. Ularning tashqi tuzilishi va o‘lchamlari payvandchining yuzi va boshini muhofaza qilishi kerak.

Kabinadan tashqarida ishlaganda atrofdagilarning ko‘zlarini yoy nuridan muhofaza qilishi uchun to‘sgichlardan va shchitoklardan foydalanish kerak.

Erigan metall va shlakning sachrashidan himoya qilish. Yoyli payvandlashda, erigan metall tomchilarining harorati 18000 S gacha yetib, u har qanday gazlamani kuydirib ishdan chiqarishi mumkin. Shunday tomchilardan saqlanish uchun maxsus gazlama va brizentdan tayyorlangan maxsus kiyim (shim, kurtka va qo‘lqop) dan foydalanish zarur. Kurtka bilan ishlaganda uni shim ichiga kiritish kerak emas. Oyoq kiyim usti tekis bO‘lishi kerak.

Aerozol va zararli gazlardan zaharlanishning oldini olish. Yoyning yuqori harorati (6000—80000S) payvand simi, elektrod qoplami va flyuslarni bug» holatiga olib keladi. Bu bug‘lar ustaxona muhitiga o‘tgach kondensatsiyalanadi va aerozolga aylanadi, uning zarralari parchalanishi natijasida tutunga aylanib, payvandchining nafas olish organiga yengil o‘tadi. Bu aerozollar payvandchining ish faoliyatini amalga oshirishga bosh xavf tug‘diradi. Payvandchining nafas olish organlaridagi changlar miqdori payvandlash usuli va payvand materiallariga bog‘liq. Yoy yordamida payvandlashda changlar bilan bir qatorda gazsimon moddalar (azot oksidlari va uglerod) hosil bo‘ladi;

«B» qobig‘li elektrod va flyus ostida payvandlashda — ftor birikmalari ajralib chiqadi.

Payvandchining nafas olish organlarida bu gazlarning konsentratsiyasi N2O5 0.009—0.018 mg¤l; SiF4 0,004 mg¤l, SO-0,46 mg¤l gacha ortishi mumkin. Rangli metallar va ularning qotishmalarini payvandlashda payvandchining nafas olish organida zararli ZnO, SnO2, MnO­2, SiO2 va boshqa gazsimon moddalarni kuzatish mumkin.

Payvandchining sog‘lig‘iga ko‘proq marganes aerozoli hafli, chunki u bilan zaharlanganda markaziy nerv tizimi uzoq muddatga ishdan chiqib, xatto shol xolatiga ham keltirishi mumkin.

Rux, qo‘rg‘oshin, xrom angidridi inson nfas olish organlarini o‘tkir zaharlab, surunkali kasalliklargacha olib keladi. Uzoq muddatda o‘pkada changlarning yig‘ilishi pnevmokonikoz kasaliga olib keladi.

Hamma ko‘rsatilgan shikastlanishlar payvandlashda xavfsizlik texnikasini qo‘pol ravishda buzganda, umumiy va mahalliy havo tozalash ta’minlanmasa, shaxsiy muhofaza vositalari (maska, raspirator) dan, ayniqsa rangli metal va ularning qotishmalarini payvandlashda, shuningdek tor va yopiq joylarda payvandlashda havoni tozalashning yetishmasligidan va hokazolar oqibatida ro‘y berishi mumkin.

Payvandlash ishlarida havoni tozalashning qat’iy talablari mavjud. Bular payvandlash aerozolini ushlash uchun mahalliy havo tortish shkaflari va bir tekis havo so‘rilishi uchun vertikal yoki qiya panellar, reshetka (panjarali) havo so‘rish vositali stollar va boshqalar kiradi.

Ko‘chma payvandlash postlarining yopiq va yarim yopiq joylarida ishlaganda mahalliy, ejektor tipidagi, havo so‘rish jihozi ishlatiladi. Bunda bitta payvandlash postidan 400—500 m­­3/soat, lekin 100—150 m­­3/soatda kam bo‘lmagan havo so‘ruvchi yuqori vakuumli jihozlar havoni me’yor darajada yetkazib berishni ta’minlaydi.

Portlash havfini oldini olish. Bosim ostidagi gaz ballonlarini noto‘g‘ri tashish, saqlash va ishlatishda, har xil idishlarda oldindan tozalamay payvand ishlarni olib borganda, ular ichidagi yonuvchan moddalar qoldiqlaridan portlash havfi kelib chiqadi.

Bosim ostidagi gaz ballonlarini ishlatishda quyidagi o‘rnatilgan xavfsizlik choralariga rioya qilish zarur:

· ballonlarni tashlamaslik;

· isitish jihozlari yonida ushlab turmaslik;

· yonuvchi gaz va kislorod ballonlarini bir joyda saqlamaslik;

· ballonlarni vertikal holda saqlash.

Karbonat angidridli ballonlarni reduktorida nam muzlaganda faqat maxsus elektr isitgich yordamida isitish kerak, yoki issiq suvda ho‘llangan latta qo‘yib isitiladi (eritiladi). Har qanday bosim ostidagi gaz ballonlarini ochiq alanga bilan isitish qat’iyan man etiladi, chunki bu to‘g‘ridan to‘g‘ri portlashga olib keladi.

Idishlar ichida payvand ishlarini olib borishdan oldin unda qanday mahsulot saqlanganligi va uning qoldig‘i aniqlanadi. Idishlar qoldiqlardan puxta tozalanadi va 2—3 marotaba 10% li ishqor eritmasi bilan yuviladi, undan keyin havo bilan puflab undagi hidlardan tozalanadi. Bu hidlar payvandchiga zararli ta’sir qiladi. Idishlarni kislorod yordamida puflab tozalash qat’iyan man etiladi, chunki bu holda kislorodning kiyim-kechakka va teriga tushishi har qanday ochiq alanga shiddat bilan kiyimni yonishga olib keladi, oqibatda kuyish natijasi o‘limga olib kelishi mumkin.

Katta xajmdagi changsimon organik moddalar (oziq-ovqat uni, torf, toshko‘mir) bor xonada ham portlash xavfi mavjud bo‘ladi. Bu chang ma’lum konsentratsiyada katta portlashlarga olib kelishi mumkin. Bunday xonalarda payvand ishlari olib borish uchun yaxshilab havosi tozalanishidan tashqari o‘t o‘chiruvchilar korxonasidan maxsus ruxsatnoma bo‘lishi kerak.

Erigan metall va shlaklardan yong‘inning oldini olish. Metal bilan qoplangan yog‘och yoki yonuvchan izolyatsion materiallar, yoki tez yonuvchan materiallar oldida payvand ishlarini bajarganda yong‘in chiqishi havfi mavjud. Hamma ko‘rsatilgan payvandlash variantlariga yo‘l qo‘yilmasligi kerak.

Shaxsiy gigiyena qoidalari. (maxsus kiyim) jamokor butun — yaroqli holatda, cho‘ntak qopqoqlari tashqariga chiqarilgan, shim oyoq kiyim ustida bo‘lishi kerak. Cho‘ntak qopqoqlarini cho‘ntak ichiga, shimlarni etik ichiga tiqilsa, erigan metal cho‘g‘lari tushib kuyishi mumkin. Bosh kiyim soyabonsiz bo‘lish kerak, chunki soyabon muhofaza shitogini yoki maskani to‘g‘ri kiyishga halaqit beradi. Oyoq kiyim har doim tepasi yopiq va albatta iplari taqilgan bO‘lishi shart.

Tananing hamma qismi payvandlash yoyi nuridan yaxshi muhofazalangan bO‘lishi kerak.

Payvandlash jarayonida badanning hamma qismi ayniqsa ko‘z puxta himoyalanishi zarur.

Qo‘lqop, kurtka yengini zich yopib turish kerak. Payvanchi metal yuza ustida yotib yoki o‘tirib ishni bajarsa, tagiga rezina to‘shama solish kerak. Tizza va tirsaklarga kigizdan tikilgan tizzaband va tirsakband kiyish kerak. Nam joylarda payvandlashda rezina etik kiyilishi kerak.

Yong‘in xavfsizligi. Sexlarda yong‘inni kelib chiqishi sabablari qo‘yidagilar:

· yengil yonuvchan modda va yonilg‘ilar;

· suyultirilgan yonuvchi gazlar;

· qattiq yonuvchi materiallar;

· idish va apparatlardagi yonuvchan bosim ostidagi mahsulotlari;

· ish jarayonida elektr uchquni chiqaruvchi elektr qurilmalar va boshqalar sabab bo‘ladi.

Yong‘inning oldini olish maqsadida quyidagilar:

· yog», moy, benzin, kerosin va boshqa yonilg‘i izlari bor kiyim va qo‘lqoplardan foydalanish;

· yangi bo‘yalgan qurilmalarni, elektr toki mavjud bo‘lgan apparatlarni, va bosim ostidagi idishlarni, suyuq yonilg‘i saqlangan idishlarni maxsus tayyorgarlik ko‘rmasdan kesish va payvandlash man etiladi.

Yong‘inni o‘chirish vositalariga suv, ko‘pik, gazlar, bug», kukunsimon birikmalar va boshqalar kiradi.

Yong‘inni suv bilan o‘chirilayotganda maxsus o‘t o‘chirish qurilmalari, o‘t o‘chirish mashinalarida va o‘t o‘chirish shlanglari ishlatiladi. Bu qurilmalarga suv maxsus quvurlar orqali uzatiladi. Ko‘pchilik ishlab chiqarish va ma’muriy binolar ichida suv quvur tarmog‘iga ulangan o‘t o‘chirish kranlari mavjud.

Har bir payvandlash postida o‘t o‘chirgich, bochka yoki suv bilan chelak, hamda qum solingan sandiq va belkurak bo‘lishi kerak. Payvandlash ishlari tamomlangach ish joyi va atrofni tekshirish kerak.

KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR

a) Elektr payvandchining payvandlash posti;

b) Gaz payvandchining payvandlash posti;

c) avtomat va yarim avtomatlarda payvandchining payvandlash posti;

d) Kontakt (ulash) yo‘li bilan payvandlash posti;

e) Korxonaga oid xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi tadbirlar yo‘riqnomasi;

f) Xavfsizlik texnikasi va yong‘in xavfsizligiga oid plakatlar;

g) Yong‘inga qarshi shit (taxta);

h) Shaxsiy ximoya vositalari komplekti (to‘plam);

i) Payvandlangan buyumlar namunasi.

O’QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLAR

1. Agar payvandlash yoyi nurlaridan tananing ochiq joylarini muhofaza qilinmasa qanday turdagi shikastlanish bo‘ladi?

a) Kuyish;

b) Organizmning zaxarlanishi;

s) Ultra binafsha

s) Elektr toki urishi.

2. Nam joylarda ishlaganda qanday oyoq kiyim kiyiladi?

a) Charmli batinka;

b) Rezinali batinka;

s) Kerzli etik.

3. Quruq xonalarni yoritish uchun elektr tokining qanday kuchlanishi ishlatiladi?

a) 12 V;

b) 220 V;

s) 36 V.

4. Inson umriga qaysi tok kuchi havfli?

a) 0,1 A dan yuqori;

b) 0,1 A dan past;

s) 0,05 A.

5. Qaysi nurlar terini kuydirishi mumkin?

a) Infra qizil;

b) Gamma nurlari;

6. Qanday masofada payvandlash yoyining nuri ta’sir qiladi?

a) 25 m;

b) 20 m;

s) 40 m.

7. Ma’muriy va ishlab chiqarish binolarida yong‘inni suv yordamida o‘chirishi uchun nimalar ko‘zda tutilgan?

a) O‘t o‘chirish krani;

b) O‘t o‘chirgich;

s) Qum solingan sandiq.

8. Shchitok va maska nima uchun kerak?

a) Ko‘z va yuzini himoyalash uchun;

b) Bosh va ko‘zini himoyalash uchun;

s) Ko‘rish qobiliyatini himoya qilish uchun.

9. Yerga ulangan sim (zazemleniye) nima uchun ishlatiladi?

a) Jihoz va payvandchini himoya qilish uchun;

b) Tok kuchini uzatish uchun;

s) Yoyni yondirish uchun.

10. Payvandchining ish joyida yong‘inga qarshi qanday anjomlar bo‘lishi kerak?

a) Chelak, o‘t o‘chirgich, qum solingan sandiq;

b) chelak suvi bilan o‘t o‘chirgich;

s) O‘t o‘chirgich, chelak, qum solingan sandiq, belkurak.

MAVZU: «ATSITILINLI VA KISLORODLI BALONLARNING TUZULISHI VA VAZIFASI. REDUKTORLARNING NOSOZLIKLARI VA ULARNING BARTARAF ETISH USULLARI»

MAQSAD: Atsetilen generatori, kislorod balloni va gaz gorelkasini ishga tayyorlashni o‘quvchilarga o‘rgatish

EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR

— gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish;

— atsetilen generatorini ishga tayyorlash;

— saqlovchi zatvorni ishga tayyorlash;

— kislorod ballonini ishga tayyorlash;

— kislorod reduktorini ishga tayyorlash;

— gaz gorelkasini ishga tayyorlash.

SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR

— gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish qoidalari;

— atsetilen generatorining tuzilishi va ishlash prinsipi;

— saqlovchi zatvorning tuzilishi va ishlash prinsipi;

— atsetilen generatoriga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

— kislorod balloniga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

— kislorod reduktoriga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari;

— gaz gorelkasiga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari.

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

Kislorod ballonini ishga tayyorlash. Gaz bilan payvandlash va kesish uchun kislorod 150 va 150L tipidagi po‘lat ballonlarda keltiriladi. Kislorod balloni (1-rasm) po‘latdan butun yasalgan silindrik idish (3) dir, uning tubi (1) qavariq bo‘lib unga boshmoq (2) presslangan; yuqoridan ballon bo‘g‘iz (4) bilan yakunlandi. Bo‘g‘izda konus shaklida teshik bo‘lib, unga qulfli ventil (5) buralgan. Bo‘g‘izga ventilni himoya qilish maqsadida saqlovchi qalpoq 3 (6) buraladi.Gaz bilan payvandlash va kesishda ishlatiladigan ballonlar 40 dm3 sig‘imga ega. Bu ballonlarning o‘lchamlari quyidagicha: tashqi diametri-219 mm, devorlari qalinligi-7 mm, balandligi-1390 mm, og‘irligi gazsiz-67 kg.

Reduktorlar.

Teskari ta’sir qiluvchi reduktor (2-rasm, a) quyidagicha ishlaydi. Siqilgan gaz ballondan yuqori bosimli kamera (8) ga o‘tadi va klapan (9) ni ochilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gorelkaga yoki rezakga gazni yuborish uchun qopqoqga o‘rnatilgan sozlovchi vint (2) ni soat strelkasi yo‘nalishi bo‘ylab buraladi. Vint (2) siquvchi purjina (3) ni siqadi, o‘z navbatida egiluvchan rezina membrana (4) ni yuqoriga egadi. Bunda uzatuvchi disk shtogi bilan birga teskari prujina (7) ni siqadi va klapan (9) ni ko‘tarib, gazni past bosimli kamera (13) ga o‘tishi uchun teshikni ochadi. Klapanni ochilishiga kameradagi yuqori bosimli gaz bilan birga prujina (7) ham to‘sqinlik qiladi.

Tanlangan bosimni avtomatik ushlab turilishi quyidagicha sodir bo‘ladi: agar gorelka yoki keskichga gaz uzatilishi kamaysa, past bosimli kamerada gaz bosimi ortadi, prujina (3) siqiladi va membrana (4) to‘g‘rilanadi (tekislanadi), uzatuvchi disk shtogi (5) bilan pastga tushadi va klapan (9) prujina (7) ta’sirida past bosimli kameraga gaz o‘tishini kamaytirib, klapan (10) egarini berkitadi. Gazni uzatilishi (ishlatilishi) ortganda bu jarayon avtomatik ravishda qaytariladi.

Yuqori bosimli kamera (8) dagi bosim monometr (16) bilan, past bosimli kamera (13) dagi bosim esa monometr (11) bilan o‘lchanadi. Agar ish kamerada bosim normadan ortib ketsa, saqlovchi klapan (12) yordamida atmosferaga chiqarib yuboriladi.

To‘g‘ri ta’sir qiluvchi reduktorlar. (2-rasm b) da gaz shtutser (3) orqali yuqori bosimli kamera (6) ga o‘tadi va klapan (7) ga ta’sir ko‘rsatib uni ochishga harakat qiladi (teskari ta’sir qiluvchi reduktorlarda esa yopishga harakat qiladi). Reduksiyalovchi klapan (7) qulfli prujina (5) ning egariga suyanadi va yuqori bosimli gazni o‘tishga to‘sqinlik qiladi. Membrana (1) reduksiyalovchi klapan (7) ni egardan surishga va yuqori bosimli gazni past bosimli gaz kamerasi (10) ga ochib o‘tkazishga harakat qiladi. O‘z navbatida membrana (1) o‘zaro qarama-qarshi ikki kuch ta’sirida turadi. Tashqi tomondan membrana 1 ga bosuvchi (siquvchi) vint (12) orqali siquvchi prujina (11) ta’sir qiladi, u o‘z navbatida reduksiyalovchi klapan (7) ni ochishga harakat qiladi. Reduktor kamerasining ichki tomonidan esa membranaga siquvchi prujina (11) ga qarshi ta’sir qiluvchi past bosimli gaz ta’sir qiladi. Ish (past bosimli) kamerada bosim kamayganda siquvchi prujina (11) to‘g‘rilanadi va egardan ketadi, bunda reduktorga gaz oqimini o‘tishi ortadi. Ishlovchi kamera (10) da gaz bosimi ortganda siquvchi prujina (11) siqiladi, klapan egarga yaqinlashadi va gazni reduktorga o‘tishi kamayadi.

Payvandlash gorelkalari, ularning vazifalari va tuzilishi. Payvandlash va eritib yopishtirishda gorelkalar gaz alangasida payvandlovchining asosiy ish quroli hisoblanadi. Payvandlash gorelkasi yonuvchi gazlarni kislorod bilan aralashtirish uchun xizmat qiluvchi va payvandlash alangasini hosil qiluvchi asbob deb ataladi. Har bir gorelka payvandlash alangasining quvvati, tarkibi va shaklini sozlovchi moslamaga ega.

Payvandlash gorelkalari quyidagicha:

yonuvchi gaz va kislorodni aralashtiruvchi kameraga uzatish usuliga qarab — injektorli va injektorsiz;

qo‘llaniladigan yonuvchi gaz turiga qarab- atsetilen, suyuq yonilg‘i va vodorodni ishlatadigan, vazifasiga qarab — universal (payvandlash, kesish, kavsharlash, eritib qoplash) va maxsuslashtirilgan (bitta operatsiya (ishni) ni bajarish uchun);

alanga soniga qarab-bir alangali va ko‘p alangali;

alanga quvvatiga qarab-mikro quvvatli gorelka (atsetilen sarfi 5—60 l/soat), kam quvvatli (25—700 l/soat) o‘rta quvvatli (500¸2500 l/soat), katta quvvatli (2500—7000 l/soat); tadbiq qilinishga qarab-dastaki (qo‘lda) va mashinali.

Injektorli gorelkalar. Bunda yonuvchi gazni aralashtirish kamerasiga uzatilishi soplo teshigidan katta tezlikda kislorod oqimi so‘rilishi hisobiga bajariladi. Katta bosimdagi kislorod oqimi yordamida kam bosimdagi gaz oqimini so‘rilishiga injeksiya deyiladi.

Injektorsiz gorelkalar. Yonuvchi gaz va kislorod taxminan bir xil 0,05—0,1 MPa bosimda uzatiladi. Ularda injektori yo‘q, uning o‘rnida gorelka uchligining trubkasiga buraladigan oddiy aralashtirish saplosi qo‘yilgan.

Injektorsiz gorelka sxemasi 4-rasmda ko‘rsatilgan. Kislorod rezina shlang bo‘ylab nippel (4) orqali sozlovchi ventil (3) va maxsus taqsimlovchi kanaldan gorelkaning aralashtirish kamerasiga o‘tadi. Atsetilen shunga o‘xshash nippel (5) va ventil (6) orqali aralashtirish kamerasiga o‘tadi. Aralashtirish kamerasidan yonuvchi aralashma uchlik (2) trubkasi orqali o‘tib mundshtuk (1) dan chiqadi va yonib payvandlash alangasini hosil qiladi. Normal payvandlash alangasini hosil qilish uchun yonuvchi aralashma gorelkaning mundshtugi kanalidan ma’lum tezlikda chiqishi kerak. Bu tezlik yonish tezligiga teng bo‘lishi kerak. Agar chiqish tezligi yonish tezligidan ortiq bo‘lsa, alanga mundshtukdan uziladi va o‘chadi. Chiqish tezligi yonish tezligidan kam bo‘lganda, alanga uchlik ichida yonadi. Demak injektorsiz gorelkalar kam universal, chunki faqat o‘rta bosimli yonuvchi gazlarda ishlaydi. Injektorsiz gorelkada normal ishlash uchun payvandlash posti kislorod va atsetilen ish bosimini avtomatik tengligini ta’minlovchi teng bosim regulatori bilan ta’minlanadi.

KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR

a) gaz alangasida payvandlash posti;

b) atsetilen generatori;

c) kislorod balloni reduktor bilan birga;

d) gaz gorelkasi katta bosimli shlanglar bilan;

e) 3,5 kg dan karbid kalsiy — har bir atsetilen generatoriga;

f) suv idishi;

g) plakatlar (multimedia vositalari);

h) asbob va moslamalar (metal cho‘tka, bolg‘a, zubilo);

i) gaz alangasida payvandlovchining jamokorlari;

j) elektr yondirgich (gugurt).

O«QUVCHILARNING BILIMLARINI TEKSHIRISH UCHUN NAMUNAVIY TEST SAVOLLARI

1. Kislorod balloni qanday rangga bo‘yaladi?

a) qizil; b) kul rang;

c) oq; d) havo rang.

2. Nechta tipda gorelkalar mavjud?

a) N1, N2, N3 va N4; b) kichik, o‘rta va katta quvvatli;

c) kichkina, o‘rta va katta; d) injektorli, injektorsiz.


3. Kislorodni ishlaydigan bosimi qanday bo‘lishikerak?

a) 0,12 MPa; b) 1,5 MPa;

c) 5 MPa; d) 30 MPa.

3. Kislorodni ishlaydigan bosimi qanday bo‘lishi kerak?

a) 0,12 MPa; b) 1,5 MPa;

c) 5 MPa; d) 30 MPa.

4. Atsetilen generatorini ish joyidan qancha masofada o‘rnatish kerak?

a) 20 m; b) 5 m;

c) 10 m; d) 15 m.

5. Kislorod ballonini ish joyidan qancha masofada o‘rnatish kerak?

a) 5 m; b) 10 m;

c) 15 m; d) 20 m.

4. Atsetilen generatorini ish joyidan qancha masofada o‘rnatish kerak?

a) 20 m; b) 5 m;

c) 10 m; d) 15 m.

5. Kislorod ballonini ish joyidan qancha masofada o‘rnatish kerak?

a) 5 m; b) 10 m;

c) 15 m; d) 20 m.

MAVZU: «ATSETILEN GENERATORINI ISHLASHGA TAYYORLASH»

MAQSAD: O‘quvchilarni atsetilen generatorini ishga tayyorlashni o‘rgatish.

EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR

— payvandchining ish joyini tashkil etish;

— atsetilen generatorini ishga tayyorlash;

— saqlovchi zatvorni ishga tayyorlash;

— atsetilen generatorini ishlatishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish.

SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR

— atsetilen generatorining tuzilishi va ishlash prinsipi;

— saqlovchi zatvorning tuzilishi va ishlash prinsipi;

— gaz alangasida payvandlovchining ish joyini tashkil etish qoidalari;

— atsetilen generatoriga xizmat ko‘rsatishning asosiy usullari.

MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR

ASP-1,25—6 rusumli atsetilen generatorining ishlab chiqarish unumdorligi 1,25 m3/soat va ishchi bosimi 0,01—0,07 MPa. U suvni siqib chiqarish usulida ishlaydi. Generator korpusi (qobig‘i) 19 uchta bo‘lakdan iborat: yuqorigi-gaz hosil qiluvchi, o‘rtadagi-siqib chiqaruvchi va pastki-yuvuvchi. Suv gaz hosil qiluvchi qismiga bo‘g‘izdan (og‘zidan) quyiladi.

Yuvuvchi qismga suv trubka 10 orqali o‘tadi va nazorat tiqini 15 satxiga teng bo‘lgunga qadar quyiladi. Karbonat kalsiy korzina 8 ga to‘ldiriladi. Qopqoq 4 va bo‘g‘iz orasidagi zichlik membrana 6 ni kuchlanishi orqali ta’minlanadi. Bu kuchlanish vint 1 orqali travers 2 dan hosil bo‘ladi. Gaz hosil qiluvchi qismda hosil bo‘lgan atsetilen trubka 10 orqali gaz yuvuvchi qismga suv qatlamidan yuvilib va sovub o‘tadi. Gaz yuvuvchi qismdan ventil 12 orqali shlang 20 bo‘yicha saqlovchi zatvor 13 ga va undan keyin gorelkaga yoki rezakga (keskichga) o‘tadi. Gaz hosil qiluvchi qismda bosim oshib borishi bilan prujina 5 siqiladi, buning natijasida korzina yuqoriga ko‘tariladi. Suv esa siqilib chiqadi. Buning natijasida karbitni ho‘llanishi kamayadi, atsetilenni ishlab chiqilishi chegaralanadi va bosimni ortishi to‘xtaydi. Atsetilenning bosimi monometr 18 orqali nazorat qilinadi. Gaz hosil qiluvchi qismdagi balchiq va loyqa suvni yuvuvchi qismgdan joylashgan shtutser 14 va 16 lar orqali to‘kiladi. Saqlovchi klapan 9 atsetilen bosimi oshib ketganda gazni ortiqchasini chiqarib yuborish uchun ishlatiladi. Saqlovchi zatvor generatorni alangani orqaga urilishi natijasida hosil bo‘luvchi portlash to‘lqinidan saqlaydi.

Generatorni ishga tayyorlash tartibi quydagilardan iborat:

1) suv saqlovchi zatvorning nazorat krani (jo‘mragi) satxiga qadar quyiladi;

2) suv generator qobig‘iga (korpusiga) nazorat krani satxiga qadar quyiladi;

3) korzina 3,5 kilogrammdan ortiq bo‘lmagan granulalari (o‘lchamlari) 25x80 mm li karbonat kalsiy bilan to‘ldiriladi va qopqog‘ini zich yopib retortaga joylashtiriladi.

Atsetilen generatorlariga xizmat ko‘rsatish qoidalari

Atsetilen generatorlariga xizmat ko‘rsatishda atsetilenni portlash xavfi bor gaz ekanligini unutmaslik kerak. U kislorod va havo bilan tez portlaydigan aralashma hosil qiladi. Shuning uchun gaz alangasida payvandlovchi karbit kalsiy va atsetilen bilan ishlashdagi xavfsizlik texnikasi yo‘riqnomalarini o‘rganib chiqish hamda o‘zi ishlaydigan atsetilen generatoridan foydalanish (ekspluatatsiya) haqidagi yo‘riqnomalarni puxta o‘rganib chiqish kerak.

Generatorni ishga tushirishga tayyorlashdan oldin suv zatvorini, saqlovchi klapan satxiga qadar suv bilan to‘ldiriladi. Retorta va korzina (savat) yaxshilab suv bilan yuvib tozalanadi va quritiladi. Korzinaga karbit kalsiyni yo‘riqnomada ko‘rsatilgan granulyatsiyasi va hajmiga amal qilib to‘ldiriladi. Atsetilenning birinchi porsiyasini (miqdorini) generatorda portlash xavfi bo‘lgan havo bilan atsetilen aralashmasi qolmasligi uchun atmosferaga chiqarib yuboriladi.

Qishki faslda ishlaganda tanaffus vaqtida generatordagi suv muzlab qolmasligi uchun generatorni o‘rab qo‘yish kerak bo‘ladi (isitib turish). Uzoq muddatga turib qolinsa, suvini to‘kib yuborish kerak. Generatorni ishlatishda uning yonida karbit kalsiy loyqasini (il) qoldirish mumkin emas, uni maxsus loyqa uchun mo‘ljallangan chuqurga to‘kish kerak.

Generator yoki to‘kib qo‘yilgan so‘ngdirilgan ohak yoniga olov yoki yondirilgan gorelka bilan yaqinlashish mumkin emas, chunki ulardan atrof muhitga atsetilen ajrab chiqib portlash xavfi bo‘lgan atsetilen havo aralashmasi bo‘lishi mumkin.

Ishlab turgan generatorni nazoratdan chetda qoldirish mumkin emas. Payvandlash ishlari yakunida generatorni loyqa (il) qoldiqlaridan tozalab yaxshilab (obdon) yuvish kerak. Generator har uch oyda profilaktik ko‘rikdan o‘tkaziladi, bunda suv zatvori, gaz o‘tkazuvchi va uzatuvchi trubkalarni qismlarga ajratib tekshiriladi.

Generatorni qismlarga ajratish, tozalash va ta’mirlash faqat ochiq havoda bajariladi.

Generatorni har yilgi nazoratini korxona ma’muriyati tomonidan bajariladi va bu haqda hujjat tuziladi.

Har bir ko‘chma generator uchun pasport va yo‘riqnoma tuzilgan bo‘lishi kerak. Yo‘riqnoma korxonaning bosh muhandisi tomonidan tasdiqlanadi.

Ko‘chma atsetilen generatorlari asosan ochiq havoda ko‘proq ishlatiladi. Ko‘chma atsetilen generatorlarini qiya holatda kislorod balloni bilan birga o‘rnatishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ko‘chma generator ishlatilgan xonani ish tugagandan so‘ng obdon shamollatish kerak.

Generatordan normal foydalanish uchun:

— saqlovchi zatvor klapanini kamida oyiga bir marta yuvish;

— Trubka va qopqoqni kamida oyiga ikki marta tozalash;

— Kamida uch oyda bir marta, generatorini tozalash va yuvish bilan birga birikmalarni zichlanmagan joylarini umumiy nazoratdan o‘tkazish;

— Kamida yiliga bir marta klapan ventilini zichligini tekshirish uchun pnevmatik sinov o‘tkazish kerak.

KERAKLI O‘QUV JIHOZ, ASBOB USKUNA VA ASHYOLAR

a) payvandchining payvandlash posti;

b) atsetilen generatori;

c) asbob va moslamalar (metal cho‘tka, bolg‘a, zubila);

d) payvandlovchining jamokori jamlamasi;

e) karbit kalsiy;

f) suv idishi;

g) plakatlar (multimedia vositalari);

h) payvandchi ko‘zoynagi (binafsha rangli yorug‘lik filtrlari bilan).

TEXNOLOGIK JARAYONNING KETMA-KETLIGI

Бесплатный фрагмент закончился.

Купите книгу, чтобы продолжить чтение.